“Fuqaro muhofazasi kuni” tadbiri

O‘zbekiston Rsepublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2019-yil 9-sentyabrdagi 754-sonli qarori, TKTI Shahrisabz filiali direktorining 2023 yil 31 martdagi 22-sonli va 2023 yil 13 apreldagi 023/m – sonli bo‘yrug‘larini ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida 1-apreldan 30-apreligacha Fuqaro muhofazasi oyligi o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning 15-sanasida “Fuqaro muhofazasi kuni” deb e`lon qilindi. Ushbu kun munosabati bilan filial fuqaro va mehnat muhofazasi bo`limi muhandisi N.Ochilov tomonidan soha vakillari ishtirokida profilaktik tadbir uyushtirildi.

Tadbirda viloyat Favqulodda vaziyatlar  Bosqarmasi xodimi kapitan N. Abdullaev, Shahrisabz shahar Favqulodda vaziyatlar  bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik U.Sharipov, shahar Favqulodda vaziyatlar  bo‘limi xodimi leytenant J. Qodirov, Shahrisabz shahar Gaz tarmoqlari korxonasi xodimi A.Raximov,  filial yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari  F. Xidirov, filial Fuqaro va Mehnat muhofazasi bo‘limi xodimi O. Ergashev, ishchi – xodimlar va talabalar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish, xususan, kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalardan muhofazalanish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish bo‘yicha zaruriy ma’lumotlar yetkazildi.

Scroll to Top