FVB xodimlari bilan uchrashuv

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida talaba-yoshlar o’rtasida kuz-qish mavsumida “IS GAZIDAN ZAHARLANISH, GAZ-HAVO ARALASHMASI CHAQNASHINI OLDINI OLISH, YONG’IN XAVFSIZLIGI TALABLARI, ISITISH MOSLAMALARI VA PECHLARDAN FOYDALANISHDA XAVFSIZLIK QOIDALARIGA RIOYA ETISH” mavzusidagi tadbir bo’lib o’tdi.

 

Unda FV Shahrisabz bo’limining boshliq o’rinbosari Sharipov Ulug’bek, Shahrisabz shahri hududgaz tarmoqlari korxonasi xodimi Raximov Aktam, filial “Fuqaro va mehnat muhofazasi” bo’limi mutaxassisi Shoyimov Fuslanlar tomonidan talaba-yoshlarga is gazidan zaharlanish va gaz-havo aralashmasining chaqnashi bilan bog’liq baxtsiz hodisalarning kelib chiqish sabablari, ularni oldini olish choralari, is gaz va gaz-havo aralashmalari yuzaga kelgan vaziyatlarda to’g’ri harakat qilish, isitish moslamalari va pechlardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga, yong’in xavfsizlik talablariga rioya etish usullari tarqatma materiallar va ko’rgazmali qurollar yordamida tushuntirish ishlari olib borildi.

 

 

Scroll to Top