“Gigiyena va sanitariya” fanidan ochiq dars

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida navbatdagi ochiq dars mashg’uloti tashkil etildi. Bugungi ochiq dars mashg’uloti filialning “Gigiyena va sanitariya” fani assistant-o’qituvchisi Rahmonova Charos tomonidan “Funksional ovqatlanish” yo’nalishi 26-20 guruh talabalari uchun tashkil etildi.

Dars mashg’ulotini o’quv va ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi xodimlari hamda filialning professor-o’qituvchilari kuzatib borishdi.

Dars mashg’uloti “Gigiyena va sanitariya” fanidan “Dezinfeksiya va yuvuvchi vositalar” mavzusida olib borildi.

Ushbu amaliy mashg’ulot darsida talabalar “dezinfeksiya” va “yuvuvchi vositalar” guruhlariga bo’linib, o’tgan mavzu “aqliy hujum” va “qor bo’roni” metodlari asosida takrorlab olindi. Yangi mavzu prezintatsiya namoyishi va “Venn diagrammasi” metodidan foydalanib mustahkamlandi. krosword ishlandi. o’quvchilar baholanib, qo’shimcha topshiriqlar berildi.

Dars mashg’uloti yuqori saviyada tashkil etilib, undan ko’zlangan maqsadga erishildi.

Scroll to Top