Joriy yilning 2-6-noyabr kunlari xizmat safari bilan Qoraqalpogiston Respublikasining Nukus shahrida bo’lib turgan TKTI Shahrisabz filialining “Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasi professor-oqituvchilari Xasan Berdimurodov, Feruz Qobilov, Erkinjon Rahmonov, Yoshlar yetakchisi Akobir Turaboyev va filial talabalari Abduraufxon Ergashev, Orifjon Norov, Adhamjon Alijonovlar kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpogiston Davlat Universitetiga tashrif buyurishdi.

Dastlab “Biologiya” fakeltetida bo’lib, ilmiy-tadqiqot va o’quv laboratoriya xonalari bilan yaqindan tanishishdi. Zamonaviy laboratoriya uskunalari, qurilma va jihozlari o’rganildi. Universitet professor-oqituvchilari bilan o’zaro fikr, bilim va ko’nikmalar almashildi. Qiziqarli laboratoriya va tajriba amalga oshirildi.

So’ngra universitet Yoshlar yetakchisi Davronbek Abadanov bilan birga Universitetning ma’muriy, o’quv binolari, madaniyat saroyi va talabalar turar joyida bo’lib, u yerdagi talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy kompyuter xonalari, sport maydonlari va kutubxona bilan tanishildi.





Tashrif davomida o’zaro tajriba almashildi va mustahkam hamkorlik aloqalario’rnatildi. Tanishuv davom etmoqda.
Report content on this page