“Hayot bebaho ne’mat “ mavzusidagi suhbat

Kuni kecha TKTI Shahrisabz filialida Xotin-qizlar masalalari bo’yicha direktor maslahatchisi A.U.Berdiyeva tomonidan bo`lib o`tgan yig`ilish “Hayot bebaho ne’mat “ mavzusiga bag`ishlandi.

Yig’ilishda qizlarimizni milliy urf-odatlarimizga yondoshgan holda talabaga xos kiyinishi, soch turmaklariga e’tibor qaratishi, talaba qiz sifatida o’zini tutishi, odob-axloq qoidalariga rioya etishlari lozimligi tushuntirildi.

Shuni alohida ta’kidlab o’tish joizki, bugungi jadal rivojlanib borayotgan davrda kiyimlar ham, kiyinishga bo’lgan e’tibor va talab ham o’zgarib bormoqda.

“Hayot bebaho ne’mat“ mavzusidagi suhbat ayni shu masalaga qaratildi. Suhbatda o’z joniga qasd qilishning belgilari, o’z joniga qasd qilishning oldini olish uchun tavsiyalar, suidsidiyal harakatlarni bartaraf etish haqida keng va atroflicha tushunchalar berildi.

Scroll to Top