Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri I.Abdurahmonov raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishning 2-son Bayonida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida mashhur rassom Toshpo`lat Nomozovning “Suratlarda vatan aksi” rasmlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Ko‘rgazmadan ijodkorning 50 ga yaqin asarlari joy olgan.

Ko‘rgazmaning ochilish marosimida uning muallifi T.Nomozov, filial Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari F.Xidirov
fakultet dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar va talabalar ishtirok etdilar.

Ijodkorning asarlarida eng avvalo, tabiatning o‘zgacha jozibasi, qishloq hayoti, yoshlik go‘zalligi mahorat ila ranglar uyg‘unligida tasvirlangan. Suratlarni tomosha qilar ekansiz ularda chizilgan loysuvoq uylardan bolalarning kulgusi eshitilgandek, tabiat manzarasida esa mayin shabboda esib, yuzingizni siypalab o‘tgandek bo‘lganini his qilasiz. Bu esa rassomning ko‘rganini emas, his etganini rang va mo‘yqalam yordamida tasvirlaganidan dalolat beradi.

Filialimiz talabalari va xodimlari hafta davomida mana shu ijod namunalaridan bahramand bo‘ladilar.
