Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialining xotin-qizlar masalalari bo`yicha dekan maslahatchisi N.B.Shapsanova filial talaba qizlari bilan birgalikda Muhtaram Yurtboshimizning besh muhim tashabbuslari ijrosi yuzasidan beshinchi tashabbus doirasida talabalarni darsdan bo`sh vaqtini samarali tashkil etish hamda kafedraning ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar rejasidagi tikish-bichish, kashtachilik, milliy hunarmandchilik bo`yicha qisqa muddatli kurslarda qatnashish vazifalarini bajarish maqsadida Shahrisabz shahar Hunarmandlar uyushmasida joylashgan “Hunarmandlar markaziga” tashrif buyurdilar.
Uyushma raisi Gulnora Choriyeva tomonidan talaba qizlarga ipakdan qolin, jundan arava, oddiy metalldan milliy taqinchoqlar, iroqi kashtachilik, milliy liboslarni tikish, to`n tikish kabi hunarlar haqida qisqacha ma`lumotlar va amaliy ko`rsatmalar berildi. Rais talaba-qizlar uchun qisqa muddatli bepul o`quv kurslarini ertadan ochib berishga va`da berdi.
Talaba qizlar markazdan juda mamnun holda qaytdilar.