“Huquq bilimdonlari”

Inson doim ilm izlaydi. Ilmdan murod. Murodga yetkazuvchi vosita esa kitobdir. Kitoblar turli xil. U insonga nafaqat murod, balki yaxshilikka yetaklaydi. Demak, biz bir-birimizga yaxshilik qilib yashaymizmi? Unda kitob ulashish ham yaxshilikdir.

Darhaqiqat, badiiy asar o‘qigan odam dunyoni, tarixni yaxshi biladi, kelajakka ishonchi ortadi. Til madaniyati yuksaladi, muomala munosabati shakllanadi. Zakovatli, ma’naviyatli, bexato yozadigan, yozma nutqiga havas qiladigan darajaga yetadi. Ularning suhbatidan zavqlanasiz.

Toshkent kimyo texnologiya instituti Shahrisabz filiali  22-21-guruhning “Marvarid”, 23-21-guruhning “Istiqlol”, 24-21-guruhning “Adolat” jamoalari ishtirokida “Huquq bilimdonlari” nomli Zakovat intellektual bilimdonlar o’yini tashkil etildi.

Tadbirni tashkillashtirish va uni olib borish ishlarini filial tarix fani o’qituvchisi N.Abduraxmonova hamda Yoshlar ittifoqi yetakchisi Umida To‘rayeva  amalga oshirishdi.

Tadbir yakunida “22-21-guruhining  “Marvarid” jamoasi g’olib bo’ldi. Tadbir qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘ldi. Filialimiz talaba yoshlari o‘zining dono va zukkoligini yana bir bor isbotlashdi.

Scroll to Top