Ijarada yashovchi talaba-qizlar faoliyatini o‘rganish davom etmoqda.

Joriy yilning 6-aprel kuni ijarada yashovchi talaba-qizlarga yaratilgan sharoitlarni o`rganish bo`yicha Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Xotin-qizlar kengashi raisi J.Sayfuddinova hamda “Ipak yo`li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbosovadan iborat ishchi guruh Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialiga tashrif buyurdi.

Dastlab ijarada yashovchi talaba-qizlardan “anonim so`rovnoma” olindi.

Ayni damda ular filialda talabalar uchun yaratilgan qulay maishiy-madaniy shart- sharoitlar hamda talaba-qizlar bilan olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar holatini o‘rganishmoqda.

Scroll to Top