Ijaradagi talabalar bilan suhbat

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari F.Xidirov, talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan direktor maslahatchisi U.Davronov, profilaktika inspektori katta leytenant B.Nosirov va tyutorlar tomonidan “Ipak yo`li” mahallasida ijarada turuvchi talaba qizlarning ijaradagi hayoti o’rganildi.

O‘rganish jarayonida talaba qizlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Muloqot davomida talaba qizlarning fikrlari eshitildi. Shu bilan birgalikda xonadon egalari va talaba qizlar uchun ijara shartnomasi, ijarachi va ijarada turuvchi o’rtasidagi munosabat kabi masalalarga alohida to’xtalib o’tildi.

Scroll to Top