Mamlakatimizda ilm-fan rivojiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning innovatsion va yuqori texnologik formatiga o‘tish, innovatsion mahsulotlar hajmini kengaytirish, jadal iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydigan yo‘nalishlarga investitsiyalarni yo‘naltirish, ijtimoiy sohadagi dolzarb masalalarning innovatsion yondashuvga hamda ilmiy tadqiqotlar va erishilgan natijalarga asoslangan ilmiy yechimini topish, xalqaro miqyosda ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi va “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi qonunlar ijrosini ta’minlash asosiy maqsad hisoblanadi.
Farmonning 2-bobidagi vazifalarni amalga oshirish, jumladan ilmiy tashkilotlarning asosan poytaxt atrofida markazlashganligi va hududlarda zamonaviy ilmiy laboratoriyalarning mavjud emasligi. Deyarli 90 foiz ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari Toshkent shahrida shakllanganligi hududlarda ilmiy-tadqiqot faoliyatini zamon talablari darajasida amalga oshirishni chegaralab qo‘yayotganligini inobatga olgan holda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida ham Qashqadaryo viloyatini zamonaviy texnologiyalarni qo’llab, qishloq xo’jaligi, kimyo va oziq-ovqat sanoatlarini yanada rivojlantirish hamda ilmiy jihatga asoslangan g’oyalar asosida mavjud muammolarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Bu maqsad uchun bosqichma-bosqich filialning moddiy texnik bazasi, yangi turdagi adabiyotlar va so’ngi rusumdagi laboratoriya uskunalari bilan boyitib borilmoqda.
Joriy yilning noyabr oyida filialga Islom taraqqiyot banki loyihasi asosida Germaniyada ishlab chiqarilgan 1260 Infinity II LC markali yuqori samarali suyuqlik xromatografiya asbobi keltiriltirildi. Bu bilan filialning laboratoriya jihozlarini va mahsulotlarni tahlil qilish doirasini yanada kengaytiradi.
Yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi murakkab aralashmalarni tahlil qilish va ajratishning eng samarali usullaridan biri hisoblanib bu uskuna mahsulotlar tarkibidagi oqsil, uglevod, yog’, mineral moddalar, toksik elementlar va turli xildagi birikmalarni tahlil qilib hamda uning miqdorini ko’rsatib beradi.
Ushbu uskuna bilan Qashqadaryo viloyatida yetishtirilgan qishloq xo’jalik mahsulotlari va ular asosida tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlarini kimyoviy tarkibi, moddalarning miqdori tahlil qilinmoqda. Filialning yituk mutaxasislari ushbu 1260 Infinity II LC markali yuqori samarali suyuqlik xromatografiya asbobini yanada chuqurroq o’rganib, ilm-fan taraqqiyotiga o’zlarining hissalarnini qo’shishlariga ishonamiz.