Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolliklarini oshirish, ilmiy faoliyatga keng jalb qilish, bandligini ta`minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish borasida keng ko`lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015-yil 22-dekabrdagi 70-sessiyasida 11-fevral “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar kuni” sifatida rasman e`lon qilingan bo`lib, 2016-yildan boshlab mazkur sana dunyoning ko`plab davlatlarida keng nishonlanib kelinmoqda.
Mazkur sana munosabati bilan, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda filial Xotin-qizlar masalalari bo`yicha direktor maslahatchisi A.Berdiyeva, sirtqi bo`lim boshlig`i Sh.Rahmonova, ilmiy izlanuvchi olima ayollar va qizlar ishtirok etishdi.







