Ilm-fan va ta’lim integratsiyasi boshqarmasi boshlig‘i Qodirova Fazilat Shukurovnaning filialga tashrifi

2023-yilning 14-iyun sanasida Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Innovatsion rivojlanish agentligi, Ilm-fan va ta’lim integratsiyasi boshqarmasi boshlig‘i Qodirova Fazilat Shukurovna hamda Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Ilm-fan va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Javohir Shavkatovlar Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialiga tashrif buyurdi.

Vazirlik mutasaddilari filial rahbariyati, professor-o`qituvchilari hamda maʼsul xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazib, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining topshiriqlari, ularda belgilangan vazifalar, 2023 yil uchun istiqbolli rejalar hamda vazirlik tomonidan berilayotgan imkoniyatlar haqida gapirib o‘tdi.

Dastlab filial direktori Sh.A.Mutalov so‘zga chiqib, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘tkazgan yig‘ilish bayonida belgilangan topshiriqlarning filialdagi ijro holati haqida batafsil maʼlumot berdi.

Tadbirda kafedra mudiri A.Norqobilov filialda taʼlim hamda ilm-fan sohalarini takomillashtirishga doir o`z mulohazalarini bildirib, mustaqil tadqiqotchida uchraydigan muammolar haqida fikr yuritdi.

Uchrashuv davomida professor-o`qituvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Tashrif chog‘ida Vazirlik mutasaddilari filialda yo‘lga qo‘yilgan taʼlim-tarbiya jarayoni hamda joriy o‘quv yilining boshida foydalanishga topshirilgan yangi oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan “PT-Processing Technology” o‘quv-ilmiy ishlab chiqarish laboratoriyasi binosini aylanib, u yerdagi talabalarning bilim olishi, professor-o‘qituvchilar hamda tadqiqotchilarning ilmiy faoliyat olib borishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Scroll to Top