“Ilm gulshaninig sara gullari”

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida “8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan Xotin-qizlar masalalari bo`yicha dekan maslahatchisi N.Shapsanova hamda filial Xotin-qizlar masalalari bo`yicha direktor maslahatchisi A.Berdiyevalar tomonidan tashkil etilgan “Ilm gulshaninig sara gullari” kо‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirni filial yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Faxriddin Fozilovich Xidirov ochib berib, yaqinlashib kelayotgan qutlug‘ ayyom – 8-mart bayrami bilan barchani muborakbod etdi. Shuningdek, tanlovda о‘z iqtidorini namoyon etish istagida ishtirok etayotgan gо‘zal va lobar qizlarga, kuch-g‘ayrat, shijoat, omad, ulkan zafarlar hamroh bо‘lsin, deya samimiy tilaklar bildirildi.

Talaba-qizlarning ilm-fan sohasidagi yutuqlarini namoyon qilish, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalardagi faolligini kuchaytirish, tashabbuskor, faol, jamoatchi qizlarni aniqlash maqsadida tashkil etilgan ko‘rik-tanlovda yo’nalishlar kesimida jami 5 nafar talaba qiz ishtirok etdi.

To`maris,

Bibixonim,

Nodirabegim,

Zulfiyaxonim Isroilova

hamda Halimaxonim Xudoyberdiyeva siymolari talaba-qizlarimiz tomonidan gavdalantirildi.

 Natijalarga ko‘ra, 1-o`rin (26-20 guruh) Norqobilova Maftunaga, 2-o`rin (14-22 guruh)Salomova Shaxzodaga, 3-o`rin (20 – 21 guruh) Bolliyeva Sevinchga, “Latofatli malika” nominatsiyasi (14-22 guruh) Akmalova Shaxzodaga, “Quvnoq malika” nominatsiyasi (2-21 guruh) Xonnazarova Marjonaga nasib etdi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilarga rahbariyat tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.

Scroll to Top