Inson xotirasi muqaddas, qadr-qimmati aziz va moʼtabardir. Bugun yurtimizda Xotira va Qadrlash kuni keng nishonlanadi. Xotira – bu oʼtmishni, milliy merosimizni anglatsa, Qadr – insonni yuksaklikka koʼtaradi. Bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning mukaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, keksalarni eʼzozlash xalqimizga xos azaliy qadriyatdir.
Urush faxriylari ishtirokchilari va urushda qurbon boʼlganlarning oilalariga boʼlgan hurmatini joyiga qoʼyish maqsadida “ 9-may Xotira va Qadrlash kuni ” deb eʼlon qilingan.
Urush yillari frontda mashaqqatli mehnat qilib, bugungi dorilomon kunlarga yetib kelgan 200dan ziyod insonlar bor. Ularning sogʼligʼi va bugungi hayoti hukumatimiz eʼtiborida.
Shahrisabz tumani Shanbe qishlogʼida istiqomat qiluvchi ana shunday aziz insonlardan biri 95 yoshli Qayumov Voxid buvadir.
TKTI Shahrisabz filiali rahbariyati xodimlari, shahar hokimligi vakillari otaxonning huzurida boʼlishib, u kishini “9-may Xotira va Qadrlash kuni” hamda Gʼalabaning 75 yilligi bilan muborakbod etishdi va prezidentimiz va hokim tabriklarini tantanali ravishda yetkazishdi. Voxid buva muhtaram prezidentimizga, qolaversa tashrif buyurganlarga oʼz minnatdorchiligini bildirdi, el-yurt haqqiga duo qildi.