Inson qadri hamma narsadan ustun

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentliklari tomonidan tasdiqlangan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy va transport infratuzilmalaridan qulay foydalanishini ta’minlash, ularga to‘siqsiz muhit yaratish hamda jamiyatning faol a’zosiga aylantirish yuzasidan olib borilayotgan ishlarni yoritib borish bo‘yicha tuzilgan Media-rejaning 8, 15–16-bandlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida davra suhbati tashkil etildi. Unda Xotin-qizlar masalalari bo`yicha dekan maslahatchisi N.Shapsanova, filial hamshirasi O.Xolmurodova, Yoshlar bilan ishlash, ma`naviyat va ma`rifat bo`limi boshlig`i U.To`rayeva hamda nogironligi bo`lgan talabalar ishtirok etishdi.

Davra suhbati davomida nogironligi bo`lgan talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda shart-sharoitlar haqida batafsil ma`lumotlar berildi.

 Shuningdek,  filial rahbariyati tomonidan bir martalik moddiy rag`bat belgilanganligi ham ularga bo`lgan e`tibor ekanligi ta`kidlab o`tildi.

Scroll to Top