Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

Iqtidorli talabalarni taqdirlash

Xabaringiz bor, Shahrisabz shahar Madaniyat saroyida joriy yilning 24-aprel kuni Shahrisabz shahar hokimligi, O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi Shahrisabz shahar kengashi, Shahrisabz shahar madaniyat bo’limi va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Shahrisabz shahar bo’linmasi hamkorligida tashkil etilgan “Quvnoqlar va zukkolar” ko’rik tanlovining shahar ligasi bo’lib o’tgan edi. Bellashuvda TKTI Shahrisabz filialining iqtidorli talabalaridan iborat “Kesh” jamoasi ishtirok etgan edi. .

 Mazkur bellashuvda ishtirok etgan barcha talabalar va murabbiylarga filialimiz direktori Sh.A.Mutalov tomonidan maxsus esdalik sovg‘alari topshirildi.

Iqtidorli talabalarimiz safi kengayaversin. Talabalarni bundan keyingi faoliyatlariga oʼlkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!