“Biz siz yoshlarga bilim va kasb hunarlarni puxta egallagan, mustaqil fikrlaydigan, doimo el yurt taqdiriga daxldorlik tuygʼusi bilan yashaydigan, aziz yoshlarimiz maydonga dadil chiqib, bugungi kunda hayotning oʼzi oldimizga qoʼyayotgan vazifalarni hal etishga qodirsiz deb ishonamiz”
Shavkat Mirziyoev
Iqtidorli yoshlar – Oʼzbekiston Respublikasining ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti hamda uning jahon hamjamiyatida munosib oʼrin egallashini taʼminlovchi muhim omil va millat ziynatidir. Talabalarni ilm bilan shugʼullanishi mustaqil mamlakatimizning rivojlanishida va ilm salohiyatini mukammal egallashida asosiy omillardan hisoblanadi. Аna shu borada amalga oshirilayotgan ishlarning debochasi sifatida erta tongdan talabalarimiz uchun sovgʼa tayyorlandi. Filialimiz direktori prof. Sh.А.Mutalov iqtidorli, aʼlochi, faol, izlanuvchan, kitobsevar 12 nafar talabalar uchun badiiy kitoblar toʼplamini sovgʼa qildilar. Talabalarni bundan keyingi faoliyatlariga oʼlkan muvaffaqiyatlar tiladilar.

Iqtidorli talabalarimiz safi kengayaversin. Unutmang! Siz Koʼhna Kesh zaminining porloq kelajagisiz!
