Joriy yilning 4-may kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida “Sho’rtan gaz kimyo majmuasi” mas’ulyati cheklangan jamiyat o’quv markazi vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda filial direktori prof. Sh.A.Mutalov, “Sho’rtan gaz kimyo majmuasi” mas’ulyati cheklangan jamiyat o’quv markazi boshlig’i A.Q.Buxorov, bir qator soha mutaxassislari, filialda tahsil olayotgan “Kimyoviy texnologiya”, “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish”, “Texnologik mashina va jihozlar” ta’lim yo’nalishlarida tahsil olayotgan barcha guruh talabalari ishtirok etishdi.
Bu galgi uchrashuvdan maqsad, talabalar bilan savol-javob o’tkazish hamda “Sho‘rtan Gaz Kimyo Majmuasi” MChJ mutaxassislari tomonidan ishga kirmoqchi bo‘lgan kadrlarni bilimini o’rganish uchun tuzilgan “Savolnoma” yordamida talabalarimizning bilim salohiyatini sinab ko’rib, ular ichidan bilimlilarini tanlab olishdan iborat edi.
Savol-javobdan so’ng, barcha guruh talabalari uchun oldindan tayyorlab qo’yilgan auditoriyalarga taqsimlanib chiqildi va varaqalar tarqatildi.
Imtihondan o’tgan talabalarga korxonada 1 oylik ish o’rganish imkoniyati berilishi aytib o’tildi.