Oziq-ovqat va biotexnologiya sanoati uchun xalqaro standartlar va milliy an’analar uyg‘unligida yuqori malakali, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mustaqil fikrlaydigan, vatanparvar kadrlarni tayyorlash hamda institutning oziq-ovqat sohasida xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida 2023-yil 2 fevral kuni “ONLINE CONFERENCE ON THE TOPIC “1ST INDIA- UZBEKISTAN INTERNATIONAL ROUND TABLE CONFERENCE ON IMPROVING EDUCATION & RESEARCH -2023” mavzusida xalqaro onlayn konferensiya o‘tkazildi.
Mazkur konferensiyada dunyoning turli davlatlaridan, jumladan, O‘zbekistondan 495 nafar, Xindistondan 58 nafar, Ukrainadan – 27 nafar, Taidlanddan – 17 nafar magistrlar, tadqiqotchilar, professor o‘qituvchilar hamda olimlar ishtirok etishmoqda. Jami 597 nafar ishtirokchilar 39 ta auditoriyadan ishtirok etishdi.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali tinglovchilari, filial direktori, professor Shuxrat Mutalov rahbarligida, Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahridan ishtirok etishdi.
Konferensiya ochilish marosimi Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori, professor Botir Usmonov hamda Buxoro Davlat universiteti rektori Obidjon Xamidovlarning kirish so‘zi va konferensiya ishtirokchilariga tabrik so‘zlari bilan boshlandi.
Mazkur konferensiya doirasida erishilgan natijalar O‘zbekiston-Hindiston davlatlari o‘rtasidagi do‘stlik, ishonchli hamkorlik, bir necha ming yillik tarixiy, madaniy va ma’naviy rishtalarning yanada mustahkamlanishida hamda iqtisodiyotning turli sohalarida, jumladan, biotexnologiya, oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi va farmasevtika tarmog‘ida ta’lim, fan va innovasion ishlanmalarni amaliyotga keng joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.