Joriy yilning 2-fevral kuni TKTI Shahrisabz filialida “Jaholatga qarshi ma`rifat” mavzusida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda Shahrisabz shahar hokim o`rinbosari M.Almirzayeva, Davlat xavfsizligi xizmati xodimi D.Yusupov, filial direktori Sh.Mutalov, professor-o`qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.



Tadbirda “Tafakkur ehtiyoji” nomli hujjatli film namoyish etildi.

Uchrashuvda yoshlarga diniy ekstremizm, terrorizm, odam savdosi illatlari va ularning salbiy oqibatlari haqida yoshlarga kehg tushunchalar berildi.
Tadbir so`ngida mazmunli suhbat tashkil etildi.
