JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT BILAN KURASHAMIZ!

Joriy yilning 24-fevral kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘linmasi rahbari L.Abdullayeva, Shahrisabz shahar Adliya bo‘limi rahbari  O.Umarov , Shahrisabz shahar IIB voyaga yetmaganlar bo’yicha mayor G.To’xtasinova, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning shahar bosh mutaxassisi M.Ahrorov, shahar Targ‘ibot guruhi rahbari S.To’rayeva, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari B.Sirojov kirish soʼzi bilan ochib, talaba yoshlarga murojaat qilar ekanlar, bugungi kun yoshlarining qay darajada bilimli va vatanimiz kelajagi uchun oʼzining yaxshi xulqi, bilimi, oʼz kasbining mohir ustasi boʼlib yetishishi lozimligini, shuningdek doimo ogoh boʼlgan holda yurtimizning tinchligi uchun masʼul ekanligimizni taʼkidlab oʼtdi.

Tashrif buyurgan mehmonlar so‘zga chiqib, hozirgi kundagi tahlikaliy vaziyat haqida atroflicha ma’lumotlar berdilar.

Scroll to Top