#Jarayon

Bugun, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialining Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi R.Shoyimov tomonidan filial talabalarining qishki semestr uchun oʻtkazilayotgan yakuniy nazorat jarayonlari oʻrganildi.

Xususan, talabalar bilan yakuniy nazoratlarning nechog‘li adolatli va shaffof oʻtkazilayotgani, korrupsiya, tanish-bilishchilik va taʼmagirlik holatlariga yoʻl qoʻymaslik masalalari yuzasidan muloqot olib borildi.

. Shuningdek, talabalarga ularning bilimlarini baholashda noxolislik  holatlari boʻyicha eʼtirozlari boʻlsa tegishli boʻlimga yoki toʻgʻridan toʻgʻri filial rahbariyatiga murojaat qilishlari boʻyicha tushuntirishlar berib oʻtildi.

Scroll to Top