16-aprel kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda yuzlab bakalavriatura bosqichida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishdi. Tadbirga ffilial bilan doimiy aloqalarni оʼrnatgan viloyat va tuman sanoat tarmogʻining asosi bоʼlgan zavod hamda xususiy korxonalaridan kadrlar masalalari bоʼyicha masʼul mutasaddilar tashrif buyurishdi.
Tadbirni filial direktori Sh.A.Mutalov ochib berdi.
Talabalar korxonalardan tashrif buyurgan mutaxassislarga оʼzlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildilar. Tadbirda har bir korxonadan tashrif buyurgan mutasaddilar fakultet talabalari bilan оʼz mutaxassisliklari bоʼyicha suhbatlar оʼtkazishdi.
Shundan soʻng filialda tashkil etilgan “Karyera markazi” faoliyati koʻzdan kechirildi va yuqori malakali mutaxassislarga ehtiyoji bor korxonalarning talablarini qondirish va bitiruvchilarga taqsimot jarayonida ish joyini tanlash imkoniyatini kengaytirish maqsadida filial direktori tomonidan “Talab va taklif” mavzusidagi suhbat tashkil qilindi.