“Karyera kuni” mehnat yarmarkasi

26-aprel kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi boʻlib oʻtdi.

Mamlakatimizda sifatli ta’lim berish, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishiga ko‘maklashish bilan birga talabalarni ish bilan ta’minlash, daromad topishi uchun sharoit yaratib berish ham oliy ta’lim muassasalarining muhim vazifalardan biriga aylandi.

Davlatimiz rahbari raisligida oliy o‘quv yurtlari talabalari bandligini ta’minlash bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bu bo‘yicha topshiriqlar belgilab berilgan edi.

Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan mehnat yarmarkasida aholini bandligini ta’minlash bo‘limi inspektorlari, filial bilan doimiy aloqalarni оʼrnatgan viloyat va tuman sanoat tarmogʻining asosi bоʼlgan zavod hamda xususiy korxonalaridan kadrlar masalalari bоʼyicha masʼul mutasaddilar, yuzlab bakalavriatura bosqichida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishdi.

Tadbirni filial direktori Sh.A.Mutalov ochib berdi va bu yil filialimizni qadrli professor-o`qituvchilari sa`yi-harakatlari hamda talaba-yoshlarimizning intilishlari asnosida 4 ta bakalavriat yo`nalishlarini 80 nafardan ortiq talaba-yoshlari muvaffaqiyatli bitirishini ma`lum qildi.

Talabalar korxonalardan tashrif buyurgan mutaxassislarga оʼzlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildilar. Tadbirda har bir korxonadan tashrif buyurgan mutasaddilar fakultet talabalari bilan оʼz mutaxassisliklari bоʼyicha suhbatlar оʼtkazishdi.

Shundan soʻng, filialning beshta kafedrasi tomonidan tashkil etilgan “Karyera markazi” faoliyati koʻzdan kechirildi va yuqori malakali mutaxassislarga ehtiyoji bor korxonalarning talablarini qondirish va bitiruvchilarga taqsimot jarayonida ish joyini tanlash imkoniyatini kengaytirish maqsadida filial direktori tomonidan “Talab va taklif” mavzusidagi suhbat tashkil qilindi.

Scroll to Top