Kelaqol ey,Yangi yil!

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida “Kelaqol ey,Yangi yil!” shiori ostidagi bayram tadbiri bo’lib o’tdi.

Tadbirni filial direktori Sh.A.Mutalov tabrik so’zi bilan ochib berdi.

Yangi yil shukuhi ufurib turgan tadbirda filial professor-o’qituvchilari tabrik so’zlari bilan jamoani tabrikladilar.

Urfga ko’ra davraga Qorbobo va Qorqiz tashrif qildilar. Bu esa tadbirga yanada ko’rk bag’ishladi. O’rmon malikasi Archa atrofida she’r va qo`shiqlar aytildi.

Jamoaning barcha professor-o’qituvchilari-yu ishchi xodimlariga Qorbobo sovg’alari ulashildi.

Ushbu bayram tadbiri barcha ishtirokchida behad shodlik va xurramlik tuyg’usini uyg’otib, bayramona quvonch ulashdi.