“Kiberxavfsizlik davr talabi”

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida Qashqadaryo viloyati IIB Kiberxavfsizlik bo‘limi boshlig`i podpolkovnik L.Juraev,  katta tezkor vakili B.Sayfullayev, filial direktori Sh.Axmatjonovich, leytenant B.Nosirov, tyutorlar hamda talabalar ishtirokida  “Kiberxavfsizlik davr talabi” mavzusidagi davra suhbati bo`lib o`tdi.

Unga ko‘ra talabalar ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy profillarini qanday ximoyalash yo`llari tushuntirildi, rasmiy va norasmiy axborot markazlari, yolg‘on tarqatilayotgan e’lonlar, firibga asoslangan turli ko‘ngilochar o’yin va ilovalar haqida ma’lumot berdi va ulardan xabardor bo’lishlari shartligi ta’kidlandi.

Buning oldini olish uchun talabalarga Kiberxavfsizlik bo‘limining rasmiy kanali va bot manzillari ulashildi.

Scroll to Top