⚡️Ichki ishlar organlari xodimlarining kiberxavfsizlik yo‘nalishida fuqarolarning kibermadaniyati (kibergigiyenasi)ni oshirish maqsadida olib boriladigan targ‘ibot tadbirlari sifatli va samarali tashkil etilmoqda.
🔹Navbatdagi tadbir Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida bo’lib o’tdi. Unda Shahrisabz shahar IIB o’rinbosarlari J.Raupov, D.Sultonov, Shahrisabz shahar IIB JQB xodimlari B.Oymatov, Sh.Yaxshiyev, filial profilaktika inspektori B.Nosirov hamda professor-o’qituvchilar ishtirok etishdi.
🔹Tadbirni filial direktori professor Sh.Mutalov ochib berdi.
🔹Tadbir doirasida videorolik namoyish etildi, bukletlar tarqatildi, berilgan savollarga javob berildi.