Joriy yilning 18-may kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialining kimyo fani assistent-o‘qituvchisi Tursunov Davron Jo’raqulovich rahbarligida “Funksional ovqatlanish va bolalar mahsulotlari texnologiyasi” yo‘nalishining 25-20 guruh talabalari uchun ochiq dars tashkil etildi.
Ochiq dars «Sikloalkanlar va uning hosilalari» mavzusida olib borildi. Ochiq darsni kafedra mudiri Norqobilov Adhamjon Tilovovich, filial O‘TIBDO‘ Sirojov Burxon Shodiyevich, TSNQB boshlig’i Samadov Mizamiddin Saidjonovich, sirtqi bo’lim boshlig’i Shahlo Rahmonova Rashidovna, o‘quv bo‘limi uslubchisi Diyarova Lobar Olimjonovna hamda professor-o’qituvchilar kuzatib borishdi.
Dars o‘qituvchi tomonidan zamonaviy pedagogic texnologiyalar hamda innovatsion yondashuvlarga asoslanib o‘tildi.