Kinokarvon guruhi Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida

Kinematografiya agentligi tashabbusi bilan Agentlik hamda Milliy kinematografiyani rivojlantirish Markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan taniqli kinoijodkorlardan iborat Kinokarvon guruhi Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialiga tashrif buyurdi.

Tashrifda professor-o‘qituvchilar hamda talabalar bilan davra suhbatitashkil etildi. Suhbatda kinematografiya sohasidagi so‘nggi yangiliklar, turli janrlarda yaratilayotgan filmlar haqida so‘z bordi.

Kinokarvon guruhidagi taniqli, el ardog‘idagi kino aktrisalar – Barno Qodirova, Mavlyuda Safarova, rejissyorlar – Ilhom Ibragimov, Shoxruxbek, Vera Dauxayevalar bilan intervyular, jonli muloqot va fotosessiyalar tashkil etildi.

Scroll to Top