Kitob – insonning erkin fikrlashi, dunyoqarashining kengayishi, aqlan yetuk bo‘lishi, ma’naviyatining shakllanishida asosiy o‘rinni egallaydi. Kitob o‘qigan insonning aqli charxlanib, ma’naviyati boyib yetuklik sari ildamlayveradi. Kitob o‘qimagan insonning ongi esa ma’naviy qashshoqligicha qolaveradi.

✅Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida talabalarning kitobxonlik madaniyatini shakllantirish maqsadida, filial kutubxonasida Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan talaba-qizlar ishtirokida “Kitobxonlik oiladan boshlanadi” shiori ostidagi davra suhbati tashkil etildi.

Scroll to Top