Kitob insonning ma’naviy quvvatini oshiruvchi moʻjizakor kuchdir

Barchamizga ma’lumki, xalqimizda ma’naviy tafakkur maskani bo‘lgan kutubxonaga o‘zgacha hurmat va e’tibor bilan qaralgan.

Mamlakatimiz rahbarining kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yaxshilash to‘g‘risida kuyunib gapirayotganliklarida ham o‘ziga xos chuqur falsafa bor. Eng avvalo, kitob insonning ma’naviy quvvatini oshiruvchi buyuk, moʻjizakor kuchdir.

Bugungi tezkor va zamonaviy sharoitda intellektual salohiyati yuksak kadrlarni tayyorlashda yoshlarning kitobga bo‘lgan munosabatini yanada yaxshilash, yetuk kadrlar tayyorlanadigan ta’lim maskanlarida mavjud kutubxonalar fondini eng yangi badiiy, ilmiy, sohaga doir kitoblar bilan muntazam ravishda boyitib borish dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Zero, kitob boshqaruv mahoratini oshiruvchi kuch ekanligini inobatga olgan holda, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali direktori Sh.A.Mutalov hamda ARM rahbari Z.Pardayev tomonidan filial kutubxona fondi yangi 2021-2022-o‘quv yili oldidan 127 nomdagi 1305 donadan ortiq sohaga doir kitoblar bilan boyitildi.

Scroll to Top