Kitoblar yarmarkasi

Аlisher Navoiy – noyob isteʼdod sohibi, maʼrifatparvar olim va davlat arbobi. Zahiriddin Bobur taʼrifi bilan aytganda «turkiy tilda koʼp va xoʼb yozgan» shoir yaratgan asarlarining nafaqat miqdori, balki maʼno-mazmunining chuqurligi bilan ham sharq mumtoz adabiyotida katta oʼrin tutadi.

Аslida kitobxon deganda, koʼz oʼngimizda eng avvalo Аlisher Navoiy bobomiz asarlarini teran nigoh bilan mutolaa qilishayotgan yoshlar namoyon boʼladi. Har yili anʼanaga muvofiq, hazrat Аlisher Navoiyning ijodini oʼrganish, asarlarining targʼiboti bilan bogʼliq kitoblar yarmarkasi odatda fevral oyi arafasida boshlanadi. 

Xuddi shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-oktyabrdagi “Buyuk shoir va mutafakkir Аlisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash toʼgʼrisida”gi PQ-4865-son qarori 9-bandi ijrosi yuzasidan hamkorlikda ishlab chiqilgan “Buyuk mutafakkir, davlat va jamoat arbobi Аlisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlashga qaratilgan “Navoiy va yoshlar” dasturi”ishlab chiqilgan.

Mazkur dasturda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida Yoshlar bilan ishlash maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi hamda АRM xodimlari bilan hamkorlikda “Eng Navoiysevar kitobxon”shiori ostidagi kitoblar yarmarkasi tashkil etildi.

Scroll to Top