Joriy yilning 25-30 aprel kunlari Shahrisabz shahar hokimligi tomonidan mahalla xotin-qizlar faoli lavozimiga saralangan nomzodlarning faoliyatga samarali kirishish uchun talab etiladigan bilim va ko`nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida 40 nafar mahalla xotin-qizlar faollari uchun “KOICA” o`quv markazida o`quv kurslar tashkil etildi.
Shu munosabat bilan, 25-aprel kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali direktori prof. Sh.A.Mutalov “MAMLAKATDA XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH BORASIDAGI ISLOHOTLARNI AMALGA OSHIRISHDA OLIY TA’LIM TIZIMI OLDIDA TURGAN DOLZARB VAZIFALAR” mavzusidagi ma`ruzasi bilan ishtirok etdi va barcha xotin-qizlar faollari uchun semenar-trening darsi o`tib berdi.
Semenar-treningda O‘zbekistonda ayollar uchun yaratilayotgan ijtimoiy sohadagi islohotlarning huquqiy asoslari, mamlakatda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi islohotlarni amalga oshirishda oliy ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb vazifalar, xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishning huquq-tartibot organlari bilan ta’lim muassasalarining hamkorligi, taʼlim muassasalarida ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashda xotin-qizlarning oʻrni kabi bir qator dolzarb masalalar yuzasidan muzokaralar, savol-javoblar boʻlib oʻtdi.