Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

Konstitutsiya baxtimiz qomusi

So‘nggi yillarda Oliy o’quv yurtlarida talabalarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida turli tadbirlar va ko‘rik tanlovlar, davra suhbatlari muntazam ravishda o‘tkazilib kelinmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida bo’lib o’tdi.

Filialning Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yetakchisi U.To’rayeva hamda tarix fani o’qituvchisi N.Shapsanova hamkorligida tashkillashtirilgan “Konstitutsiya baxtimiz qomusi” deb nomlangan tadbir bo’lib o’tdi. Unda Kitob tumani IIB huzuridagi tergov bo’linmasi katta tergovchisi podpolkovnik Negmatova Hulkar Nurmaxmatovna, Kitob tumani IIB xotin-qizlar masalalari bo’yicha katta inspektori kapitan Sivinova Dilabza, Toshkent davlat yuridik universitituti ” Jinoiy odil sudlov” fakulteti 2-bosqich talabasi Ro’ziyev Behruz, professor-o’qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Yurtimizda yoshlarning huquqiy bilimlari, ongi va tafakkurini yuksaltirish, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonun hujjatlari mazmun mohiyatini yoshlar o‘rtasida keng tag‘ib etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada tashkil etilayotgan turli tadbirlar va ko’rik tanlovlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning erkin fikrlash qobiliyati va Huquqiy madaniyatini o‘stirish, shuningdek, iqtidorli  talabalarni aniqlash va ularni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan ”Konstitutsiya baxtimiz qomusi”deb nomlangan davra suhbati ham shular jumlasidandir.

Albatta, bu kabi tadbirlar yurtimizda inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlanishi hamda milliy istiqlol g‘oyalarini talaba-yoshlar ongiga singdirish orqali ularning siyosiy va huquqiy bilimlarini oshirishga hizmat qiladi.