“Konstitutsiya bosh qomusimiz” mavzusidagi davra suhbati

TKTI Shahrisabz filialida “Konstitutsiya bosh qomusimiz” mavzusidagi davra suhbati bo’lib o’tdi. Unda professor-o’qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Filial OOMTSU fakulteti dekani X.Tilovov kirish so’zi bilan ochib berdi va ” O’z haq-huquqlarini puxta bilish va uni hayotda qo’llay olish har bir insonning jamiyatda mustahkam o’rin egallashlariga zamin yaratadi”,- deya ta’kidladi.

 Davra suhbatini Shahrisabz tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi O.Qurbonov o’z fikr mulohazalari bilan boyitdi. Davra suhbatida talabalarimiz imkoni qadar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob topishdi.

 Albatta bunday davra suhbatlari yurtimiz talaba yoshlarning siyosiy va huquqiy bilimlarini oshirishga xizmat qiladi.

Scroll to Top