Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali majlislar zalida Korrupsiyaga qarshi kurash “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi, filial ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda Shahrisabz shahar Ichki ishlar bo‘limi bilan hamkorlikda “9 dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash” kuniga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya haftaligi doirasida “Korrupsiya rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
Unda professor-o‘qituvchilar, talaba yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi N.Ochilov,
Shahrisabz shahar Ichki ishlar bo‘limi voyaga yetmaganlar va yoshlar masalasi bo‘yicha katta inspektor G.To‘xtasinova ,
inspektor M.Uzoqova va filial o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari B.Sirojovlar
so‘zga chiqib, amalga oshirilayotgan jiddiy islohotlar qatorida O‘zbekiston uchun korrupsiyaga qarshi kurashish asosiy ahamiyatga ega vazifalardan biriga aylanganligi, korrupsiya nafaqat demokratiyaning, umuman har qanday taraqqiyotning kushandasi ekanligi ta’kidlandi.
Ma’ruzachilar tomonidan barcha savollarga javoblar berib o‘tildi.