Sh.Mirziyoyev
science and research background with abstract lines
Bakalavriat yunalishi

⚡️ Tanlov ustuvorligini belgilash

Abituriyentlardan ustuvorlikni belgilashda e’tiborli bo‘lishlarini so‘raymiz!

Biz haqimizda

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil, 11-iyundagi 489-sonli qarori asosida tashkil etilgan…..

Bilim bu-imkoniyat

Bilim – bu imkoniyat!

O’qishning ilk kunlaridan boshlab bilimli va iqtidorli talabalar saralab olinib, qo’shimcha tugaraklar tashkil etilgan…

previous arrow
next arrow

Interaktiv xizmatlar

Nazorat savollari

2020-2021 o'quv yili uchun

Abituriyentlar uchun

Takliflar, maslahatlar, ko'rsatmalar

Маsofaviy ta'lim

2020-2021 o'quv yili uchun

me'yoriy huquqiy hujjatlar

Buyruqlar, qarorlar, nizomlar, qoidalar

elektron kutubxona

Darsliklar, o'quv qo'llanmalar, uslubiy ko'rsatmalar

virtual qabulxona

Fikrlar, mulohazalar, shikoyatlar, takliflar

YANGILIKLAR

TKTI Shahrisabz filiali professor-o’qituvchilari va tadqiqotchilari diqqatiga!

SCImago Journal & Contry Rank platformasi SCImago guruhi tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, uning maqsadi Scopus bazasida indekslangan jurnallar jurnallarda chop etilgan maqolalar soni, ularning iqtiboslari, Xirsh indeksining statistik ma’lumotlarini ko’rsatib berish, mamlakatlar ilmiy salohiyatini ko’rsatish va ularni boshqa davlatlar bilan taqqoslash imkonini beruvchi platform hisoblanadi. Mazkur platform ma’lumotlarni ishlab chiqish va saytga joylashtirishda, asosan, Scopus ma’lumotlar bazasiga tayanadi. Scopus ma’lumotlar bazasiga kiritilmagan biror-bir jurnal bu portal ma’lumotlarini shakllantirish jarayonida ishtirok etmaydi.

Siz tayyorlagan maqolangizni chop ettirmoqchi bo’lgan jurnal to’g’risidagi ma’lumotlarni SCImago Journal & Contry Rank portalidan olishingiz mumkin.

TKTI Shahrisabz filiali talabalari va tadqiqotchilari diqqatiga!

O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti huzuridagi Matematika fani va ta’limini rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash jamg’armasi akademik T.A.Sarimsoqov nomidagi stipendiyasiga nomzodlarni saralash bo’yicha tanlov e’lon qiladi.

Stipendiya tanlovida respublikadagi oliy ta’lim muassasalarida Matematika ta’lim yo’nalishlarida 2-kursni tugatgan bakalavriat, 1-kursni tugatgan magistratura talabalari va 1-bosqichni tugatgan tayanch doktorantlar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovdan muvaffaqiyatli o’tganlar Akademik T.A.Sarimsoqov nomidagi stipendiyaning stipendiati  hisoblanadi va ular tegishli Sertifikat bilan taqdirlanadilar.

2021-2022 o’quv yili uchun 5 nafar talabalarga  (10 oy muddatga har oyda 750 ming so’mdan), 5 nafar magistrantga (10 oy muddatga har oyda 1 mln. so’mdan) va 2022 yil uchun 5 nafar tayanch doktorantga (10 oy muddatga har oyda 1,5 mln.so’mdan) o’rnatilgan tartibda stipendiya to’lanadi.

Олий таълим муассасанинг иқтидорли ёшлари, талабалари ва 40 ёшдан ошмаган тадқиқотчи ҳамда олимларини https://yoshlarakademiyasi.uz/registration-form интернет сайти орқали Ёшлар академиясига аъзо бўлишлари ва https://yoshlarakademiyasi.uz интернет сайтида эълон қилинадиган танловларда иштирок этишлари мумкинлиги маълум қилинди. Танловларда иштирок этишни хохловчилар https://yoshlarakademiyasi.uz/registration-form орқали Ёшлар академиясига аъзо бўлиб, танловларда фаол иштирок этишингизни сўраймиз.

 

kelajakka ishonch bilan

O’rta umumta’lim maktablari, Akademik litseylar va kasb hunar kollejlari bitiruvchilari o’zlarining qiziqishlaridan kelib chiqqan holda bakalavr yo’nalishlarini tanlashlari mumkin

5310900

Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti

5311000

Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish vaboshqarish (tarmoqlar bo'yicha)

5320300

texnologik mashinalar jihozlar (tarmoqlar bo'yicha)

5320400

Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari boʼyicha)

5321000

Oziq-ovqat texnologiyasi (maxsulot turlari boʼyicha)

5322500

Vinochilik texnologiyasi, bijgʼish mahsulotlari va alkogolsiz ichimliklar texnologiyasi

5322500

Funktsional ovqatlanish va bolalar mahsulotlari texnologiyasi

HAMKORLARIMIZ

ko'p beriladigan savollar

O’rta ma’lumot, o’rta maxsus ma’lumotga ega bo’lgan barcha O’zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda xorijiy fuqarolar.

Fuqarolik pasporti, ruxsatnoma haqida hujjat

Kirish imtihonlari o’tkaziladigan manzil abituriyent uchun yaqin bo’lgan imtihon poligonlarida tashkil etiladi. Faqat bu haqda abituriyent qabul komissiyasiga hujjatlarini topshirayotgan payti aniqlik kiritib o’tishi kerak bo’ladi, ya’ni imtihon manzili qabul komissiyasi maslahatchilari bilan birgalikda kelishib tanlanadi

Bizning bitiruvchi kadrlar Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, Vinochilik, Sifat sertifikati, Konservalash texnologiyasi va shu kabi turdosh korxonalarda Respublika bo’ylab, shuningdek dunyoning yetakchi korxonalarida faoliyat yurita oladilar

To’lov–kontrakt asosida o’qish ixtiyoriy bo’lib, tegishli me’yoriy–huquqiy hujjatlarda mazkur toifadagi talabalarga oliy ta’lim muassasasi tomonidan to’lov shartlarini engillashtirish bo’yicha imtiyozlar berish ko’zda tutilmagan.

Shuningdek, hozirgi kunda talabalarni to’lov – kontrakt asosida o’qishi uchun keng imkoniyatlar mavjud bo’lib, ulardan biri bu “ta’lim krediti”dir. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 26 iyuldagi “Oliy o’quv yurtlarida to’lov-kontrakt asosida o’qish uchun ta’lim kreditlari berish to’g’risida”gi 318-sonli qaroriga asosan bank muassasalari tomonidan to’lov-kontrakt asosida o’qiyotgan talabalarga berilayotgan “ta’lim kredit”lari juda ham qulay va samarali hisoblanadi.
Ushbu qarorning 3-bandiga asosan:
– chin etimlar, “Mehribonlik uylari”da tarbiyalanganlar hamda I va II guruh nogironlari uchun – foizsiz ta’lim kreditlari beriladi;
– kam ta’minlangan oilalardan bo’lgan talabalar uchun kredit bo’yicha qo’shilgan foizlarning 50 foizi tuman Bandlikka ko’maklashish va aіolini ijtimoiy muіofaza єilish markazlari tomonidan “Ish bilan ta’minlashga ko’maklashish davlat jamg’arma”si mablag’lari hisobidan to’lash belgilangan.
Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining 2010 yil 24 martdagi “O’zbekiston Respublikasi oliy o’quv yurtlarida ta’lim olish uchun yo’naltiriladigan mablag’larga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i bo’yicha imtiyozni qo’llash tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 24, 15 – sonli qaroriga (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010 yil 27 mayda 2107-son bilan davlat ro’yxatidan o’tkazilgan) asosan, 2010 yil 1 yanvardan boshlab, fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarining O’zbekiston Respublikasi oliy o’quv yurtlarida ta’lim olishga (o’zining o’qishi yoki yigirma olti yoshga to’lmagan farzandlarining ta’lim olishi uchun) yo’naltiriladigan summalariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i solinmaydi.
Shu bilan bir qatorda, Siz homiylik ko’rsatishi mumkin bo’lgan korxona va tashkilotlarga ham murojaat qilishingiz mumkin.

O’zingizni qiziqtirgan savollar bo’yicha info@stict.uz manzili orqali javob olishingiz mumkin…

Iqtidorli talabalar

FAOL SPORTCHI TALABALAR

TALABALARIMIZNING FIKRLARI

Men bu institutga kirganimdan hamda mexr bilan tahsil olayotganligimdan faxrlanaman. Zamonaviy kompyuter zali, talabalar uchun Wi-Fi zonasi, ochiq kutubxona tashkil qilingan hamda ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug'ullanish uchun sharoitlar mavjud.
JO'RAYEV RUYIDDIN NURALI O'G'LI
TALABA
Men talaba bo'lganimdan xursandman! Filialda o'tkaziladigan tadbirlar chiqur ma'noga ega, biz yoshlarga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Men kelajakda o'z sohamning etuk mutaxassisi bo'lmoqchiman
Maxmudov Shaxtiyor Baxriddinovich
MAXMUDOV SHAXTIYOR BAXRIDDIN O'G'LI
TALABA
Men TKTI Shahrisabz filiali talabasiman. Filialda dars o'tish jarayonlari zamonaviy texnologiyalar asosida o'tiladi. Darsdan tashqari talabalar uchun hamma yo'nalishlarda to'garaklar tashkil etilgan.
TO'RAYEV AKOBIR BAHODIR O'G'LI
TALABA
Men TKTI Shahrisabz filiali talabasiman. Bu filialning Shahrisabz shahrida ochilishi juda ko'p yutuqlar eshigini ochib beradi, Men o'z sohamning etuk mutaxassisi bo'lib yetishmoqchiman va o'z mutaxassisligimda yangi izlanishlar olib bormoqchiman
XOLMATOV AKBAR ASHURALIYEVICH
TALABA

 

 

O‘zbekiston Respublikasi, Qashqadaryo viloyati
Shahrisabz sh. 181306,
Shahrisabz ko‘chasi, 20-uy
Tel.:(+99875)5225068

Scroll to Top