Mahalladan Vazirlikgacha

 

11-may kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali direktori, professor Mutalov Shuhrat Axmadjonovich rahbarligidagi filial yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari  F.Xidirov, talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo’lgan direktor maslahatchisi U.Sh.Davronov va professor-o’qituvchilaridan iborat ishchi guruhi Kitob tumanining “Bashir” mahalla fuqarolar yig’iniga tashrif buyurdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 11-aprel kunidagi videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlariga asosan “Mahalladan Vazirlikgacha” turli ijtimoiy toifadagi yoshlar qatlami bilan individual ishlashning yangicha tizimi ijrosini taʼminlash maqsadida rektorga biriktirilgan yoshlar va ularning vakillari bilan markaz binosida va xonadonlariga borib uchrashuvlar tashkil qilindi.

Uchrashuvdagi yoshlarning muammo va takliflari eshitilib, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish, sogʻlom-turmush tarzida hayot kechirishiga koʻmaklashish maqsadida chora-tadbirlar belgilab olindi.

Scroll to Top