Yakkabogʻ tumanidagi Madaniyat va aholi dam olish markazi binosida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali direktori, professor Mutalov Shuhrat Ahmadjonovich boshchiligidagi ishchi guruhi tashrif buyurdi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 11-aprel kunidagi videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlariga asosan “Mahalladan Vazirlikgacha” turli ijtimoiy toifadagi yoshlar qatlami bilan individual ishlashning yangicha tizimi ijrosini taʼminlash maqsadida rektorga biriktirilgan yoshlar va ularning vakillari bilan markaz binosida va xonadonlariga borib uchrashuvlar tashkil qilindi.
Uchrashuvdagi yoshlarning muammo va takliflari eshitilib, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish, sogʻlom-turmush tarzida hayot kechirishiga koʻmaklashish maqsadida chora-tadbirlar belgilab olindi.