Bugun maktablarda ta`lim sifatini yanada oshirish, yosh avlodni munosib kamolga yetkazish- umummillat ishiga aylangan. Bu ulug`vor ishga Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialining professor-o`qituvchilari ham munosib hissa qo`shmoqdalar. Ayni paytda ta`lim sifatini nazorat qilish bo`limi boshlig`i dotsent M. Samadov, kimyo fani assistent-o`qituvchilari Sobirova Ruhsora va Abduxamidova Fotimalar tomonidan Kitob tumanida joylashgan 69-maktabda 9-sinf o`quvchilari uchun kimyo fanidan “Alyuminiy birikmalari va ularning ishlatilishi” mavzusidagi amaliy “Mahorat darsi” o`tib berildi.

Unda kimyoviy tajribalardan, turli tarqatma materiallardan, animatsiya va slaydlardan foydalanildi.



Aytish o`rinliki Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan maktablarni “otaliqqa olish” va ularga har tomonlama ko`mak berish vazifasi TKTI Shahrisabz filiali jamoasi tomonidan shu tariqa amalga oshirilayotir. Filial professor- o`qituvchilarining maktablarda “Mahorat darslari” o`tish va yosh avlodni munosib kamolga yetkazish yo`lidagi ezgu ishlari izchil davom etaveradi.
