Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida ” Bayrog’imiz- g’ururimiz, orimiz!” shiori ostida O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilinganligining 31yilligiga bag’ishlangan tadbir bo`lib o`tdi. Tadbir filial Xotun-qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi N.B.Shapsanova tomonidan tashkil etildi.
Tadbirda Shahrisabz ” Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi jamoasi ham faol ishtirok etdi.
Davlatimiz bayrog’i chuqur ma’no-mazmun va tarixiy qadriyatlarning timsoli hisoblanadi.
Davlat bayrog’i – xalqning shon – sharafi, g’ururi. Bayroqni qadrlash va e’zozlash o’z mamlakatiga va shaxsan o’ziga bo’lgan ishonchni mustahkamlash demakdir.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali jamoasi barcha yurtdoshlarimizni ushbu qutlug’ ayyom bilan tabriklaydi!