Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarga mas’ul tyutorlar faoliyatini oshirish hamda talabalar bandligini ta‘minlash maqsadida tyutorlar yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Yigilishda yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari F.Xidirov, talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo’lgan direktor maslahatchisi G’.Yangiboyev, filial profilaktika inspektori B.Nosirov, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari M.Boboyev, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i U.To’rayeva hamda tyutorlar ishtirok etishdi.

Yig’ilishda tyutorlarning 2024-oʻquv yilidagi ish faoliyatini samarali tashkil etish, talabalarni kitob mutoalasiga va sportga qiziqtirish, ijara xonadonlarida tadbirlar o‘tkazishni ko‘paytirish, gazeta va jurnallarga obuna bo‘lish, tikuvchilik va pazandachilik to‘garaklarini samarali tashkil etish kabi masalalar haqida fikr yuritildi.

Scroll to Top