Ma’rifat_ulashib

🔷Oliy ta’lim muassasalari talabalarini kitob mutolaasiga jalb etish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalash maqsadida mamlakatimiz bo‘ylab el ardog‘idagi shoir va yozuvchilar bilan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

🔷Joriy yilning 30-aprel kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida o’zbek adabiyotining yorqin namoyondalari Normurod Norqobilov hamda Azizbek Norovlar bilan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.

🔹Ijodkor yozuvchilarimiz talabalar bilan samimiy suhbat chog‘ida bolalik yillari, adabiy muhit, mashhur shoirlar ijodidagi muhim mavzular haqida so‘zlab berdi

Elimiz ardog’idagi ijodkorlar Normurod Norqobilov hamda Azizbek Norovga filialimiz direktori Sh.Mutalov filialda yaratilgan imkoniyatlar, xususan, filialda faoliyat yuritayotgan “PT-PROCESSING TECHNOLOGY” o‘quv- ilmiy va ishlab chiqarish laboratoriyalari faoliyati bilan tanishtirdi.

Scroll to Top