“Men diniy ekstremizm va terrorizmni qanday tushunaman?” mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovi

Oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligi va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tasdiqlangan. “Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yangi tizimini yaratish bo’yicha, 2021 –yil birinchi yarim yilligi uchun yo’l xaritasi” da  “Jaholatga qarshi ma’rifat”mavzusida ijtimoiy aksiya hamda ta’lim muassasalarida  “Men diniy ekstremizm va terrorizmni qanday tushunaman?”  mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovi o’tkazilmoqda. Xuddi shunday ijodiy ishlar tanlovi Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialining talaba-yoshlari o’rtasida bo’lib o’tdi.    

“Muhandislik grafikasi” fani o’qituvchisi  Xudoyberdiyeva  Xulkar Zoxid  qizi  tashabbuskorligida tashkil etilgan ushbu tanlovda bir necha o’nlab talabalar o’zlarining ijodiy ishlari bilan ishtirok etishdi. 

. Ushbu tanlovga taqdim etilgan uch xil yo’nalishdagi ijodiy ishlar professor-o’qituvchilardan tashkil topgan komissiya a’zolari tomonidan baholanib, quyidagi talabalar g’olib deb topildi:

I.                  Eng yaxshi plakat”   nominatsiyasi bo’yicha:

1.    20-20 guruh talabasi Fazliddinova Mohichehraxon ;

2.    Asamova Laylo     20-20 guruh talabasi Asamova Laylo     va

     12-20 guruh talabasi Suyunov Asadbek;

3 . 12-20 guruh talabasi Boymirzayev Ilyos va

          12-20 guruh talabasi . Nurmaxmatov Ramziddin.

      II. “Eng yaxshi taqdimot” nominatsiyasi bo’yicha:

      1. 20-20 guruh talabasi Baratov Farrux;  

      2. 11-20 guruh talabasi Baxronov Abdimutal;

      3 12-20 guruh talabasi . Eshmurodov Malik.

      III. “Eng yaxshi viderolik” nominatsiyasi bo’yicha:

     1. 6- 19 guruh talabasi Usmonov Javohir;

     2. 11-20 guruh talabasi Qalandarov Samandar;

     3. 18-20 guruh talabasi Toshmatov  Shahriyor . 

Sovrindor talabalarga DIPLOM hamda esdalik sovg’alar taqdim etildi.

Scroll to Top