Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida faoliyat olib borayotgan xodimlar va volontyor talabalar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada qon bilan ishlash xizmati muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi orasida beg‘araz donorlik harakatini rivojlantirish choralari to‘g‘risida” 2022-yil 9-avgustdagi PQ-348-son Qarori ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish maqsadida 5-10-fevral kunlari “Qon donorligi haftaligi” doirasida “Men donorman” aksiyasi bo’lib o’tmoqda.
Ta’kidlash joiz ushbu aksiya Gematologik, onkogematologik va boshqa davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarga chalingan yoshlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, ushbu kasalliklar profilaktikasini kuchaytirish va ularni keltirib chiqaruvchi omillarning oldini olish hamda yoshlarda olijanoblik, bag‘rikenglik tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida tashkil etildi.
Shu paytgacha ushbu aksiyada 12 nafar ko‘nglli yoshlar va professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Xayriya Aksiyasi 10 fevralgacha davom etadi.