“MILLAT QAYGʻUSI” nomli tarixiy drama oliy o`ringa sazovor bo`ldi.

Joriy yilning 27-may kuni Qarshi shahridagi viloyat musiqali drama teatri binosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar Ishlari Agentligining 2022-yil 1-apreldagi 14-14-sonli qo‘shma qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida filialimizda tashkil etilgan “ZAMONDOSH” talabalar teatr-studiyasi jamoasi tomonidan dramaturg Karomat Dilmonovning “MILLAT QAYGʻUSI” deb nomlangan tarixiy dramasini vazirlik tomonidan yuborilgan nufuzli hakamlar e’tiboriga havola etildi.

Ko`rik tanlovga ishtirok etib, viloyatimizning barcha oliy ta’lim muassasalari tomonidan namoish etilgan sahna asarlari ichida bizning filial teatr jamoasi tomonidan namoyish etilgan “MILLAT QAYGʻUSI” nomli spektakli oliy o‘ringa munosib deb topildi va Jizzax shahrida bo`lib o‘tadigan mintaqaviy 2-bosqich ko`rik tanloviga ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi

Scroll to Top