Joriy yilning 4-iyun kuni Shahrisabz shahar madaniyat saroyida Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida, dramaturg Karomat Dilmonovning “MILLAT QAYGʻUSI” deb nomlangan tarixiy dramasining prem`erasi bo`lib o`tdi.
Asosiy rollarni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar Ishlari Agentligining 2022-yil 1-apreldagi 14-14-sonli qo‘shma qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida taniqli ustoz, aktyor, rejissyor,ma’daniyat xodimi Bobojonov Abdinavi Muhammadvaliyevich tomonidan tashkil etilgan “ZAMONDOSH” talabalar teatr-studiyasi jamoasi ijro etdi.
Ma`lumot o`rnida shuni eslatib o`tamiz, ushbu spektakl Qarshi shahrida bo`lib o`tgan tanlovda oliy o‘ringa munosib deb topilgan va Jizzax shahrida bo`lib o‘tadigan mintaqaviy 2-bosqich ko`rik tanloviga ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan.
TKTI Shahrisabz filiali rahbariyati, professor-o’qituvchilari hamda talaba – yoshlari iqtidorli, izlanuvchan, tashabbuskor talabalardan tashkil topgan “ZAMONDOSH” talabalar teatr-studiyasi jamoasining kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyat tilaydi.