Millat sofligini ta’minlaylik!

Shahrisabz davlat pedagogika instituti faollar zalida shahar xotin-qizlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Toshkent kimyo- texnologiya instituti Shahrisabz filiali filial Xotin-qizlar masalalari bo`yicha direktor maslahatchisi A.Berdiyeva ishtirok etdi.

Unda Shahrisabz shahar hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Muxayyo Almirzayeva shahar xotin-qizlariga yo‘llagan murojaatini o‘qib eshittirdi.

Murojaatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-81 sonli farmoni ijrosini ta’minlash, xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, gender tengligi siyosati, tazyiq va zo‘ravonlikka barham berish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, muhtoj ayollarni uy-joy bilan ta’minlash, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarni «Ayollar daftariga» ro‘yxatga olib manzilli qo‘llab quvvatlash, ularni qonuniy manfaatlarini himoya qilish, oilada ma’naviy axloqiy muhitni shakllantirish va boshqa jihatlarga e’tibor qaratish zarurligi tilga olindi.

Scroll to Top