“Milliy qadriyatlar va vatanparvarlik tarbiyasi”

Shahrisabz shahar Temurbeklar maktabida Amir Temur bobomiz tavalludiga bag‘ishlab, “Milliy qadriyatlar va vatanparvarlik tarbiyasi” mavzusida onlayn tarzda ilmiy amaliy anjuman bo’lib o’tdi. Unda TKTI Shahrisabz filialidan iqtidorli talabalar va tyutorlar ham ishtirok etishdi.

Anjumanni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov kirish so‘zi bilan boshlab berdi.

Ilmiy amaliy anjumanda “Navro‘z va milliy qadriyatlar” mavzusida Qarshi davlat universiteti adabiyotshunoslik kafedrasi dotsenti Shahnoza Qahhorovaning ma’ruzasi tinglandi.

Ilmiy amaliy anjuman ishtirokchilari Temurbeklar maktabida tashkil etilgan hunarmandlar ko‘rgazmasini tomosha qilishdi. Ayniqsa, hunarmandlar tomonidan bir oyda tikilgan do‘ppi barchani e’tiborini tortdi.

Mazkur bayramona tadbir doirasida o’tkazilgan ilmiy amaliy anjuman ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Scroll to Top